12 fev 11:27
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
![](/upload/storage/322526_220.jpg)
CHang'i alpinizmi. Kvalifikaciyadan muvaffaqiyatli o'tgan hamyurtlarimiz finalda oxirgi bo'lishdi va musobaqadagi ishtirokini yakunlashdi
Xabar berganimizdek, IX qishki Osiyo o'yinlarining bugungi kuni doirasida chang'i alpinizmi bo'yicha aralash juftlik estafetasi dasturi tashkil etildi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari Jasur SHamsiddinov va Asila SHoyimova ham ishtirok etishdi.
Vakillarimiz 12 ta jamoa ishtirok etgan kvalifikaciya bosqichida 21:51.63 vaqt qayd etib, so'nggi natija bilan final yo'llanmasiga ega chiqdi. Sababi, 13-terma jamoa bo'lmish Koreya Respublikasi vakillari startga chiqishmadi va avtomatik ravishda qolgan jamoalarning barchasi finalga chiqishi oydinlashdi.
Medallar uchun kechgan final bosqichida esa SHamsiddinov/SHoyimova juftligi so'nggi o'rinni band etdi.
SHu tariqa, chang'i alpinizmi sport turidagi ishtirokimiz ham yakunlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar