12 avg 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra: "Ishonamanki, Xollouey bilan jangim baribir bo'ladi"
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Maks Xollouey bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
Ikki jangchi 2015 yilda oktagonda uchrashgan, o'shanda Xollouey texnik nokaut bilan g'alaba qozongan va Oliveyrani zambilda olib chiqib ketishgandi.
"Ishonamanki, bir kuni shu jang bo'ladi. Hamma buni ko'rishni xohlaydi. Maks jarohat haqida nima deganidan qati nazar, odamlar haqiqatni bilishadi. Ikki kun shifoxonada yotganman.
Bu — ishimizning bir qismi. U ajoyib jangchi, BMF kamari sohibidir. Nega kamar uchun o'zaro jang qilmasligimiz kerak?" - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar