15 may 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra: "Jamoam Topuriyani har tomonlama tahlil qilib chiqadi, lekin..."
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Iliya Topuriyaga qarshi bo'ladigan jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz tayyormiz — 46 kun qoldi, va kamar qaytishi kerak bo'lgan joyga qaytadi. Asosiy masalaga etibor berish kerak, diqqatni yo'qotmaslik lozim. Rostini aytsam, raqiblar nimalar qilyapti, deb ko'p o'ylamayman. Jamoam Topuriyani har tomonlama tahlil qilib chiqadi.
Biz hozir jang uchun reja tuzyapmiz, lekin bu rejaning asosi — mening shaxsiy salohiyatim. Menda kuchli zarbalar bor, men yaxshi kikbokschiman. Unga qarshi o'zimni bor kuchimni namoyon qilaman. Menda bajarishim kerak bo'lgan vada bor va men shu kamar sari intilayapman", - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar