17 iyu 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/223307_220.jpg)
CHarlz Oliveyra Makgregor bilan jang qilmoqchi
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi CHarlz Oliveyra ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang o'tkazish istagi borligini malum qildi.
"Makgregor bilan jang qilish yaxshi variant. Jang juda ko'p pul olib keladi va bu eng muhimi! Bundan tashqari, bu mening faoliyatim uchun yaxshi bo'lardi. Konor UFC tarixiga kirgan.
O'ylaymanki, bu jang tashkil qilinsa, hammamizga yaxshi bo'ladi. Ammo, bu faqat menga bog'liq emas. Agarda menga bog'liq bo'lganida jang allaqachon bo'lib o'tgan bo'lardi.
Konor bilan jang qilishni faqat men emas, hamma xohlaydi. Barchamiz bilamiz, Makgregor bilan jang qilish moliyaviy jihatdan foyda keltiradi", — dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar