13 okt 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Maks Xollouey shartiga rozi bo'ldi
CHarlz Oliveyra Maks Xolloueyning agar jang Braziliya sharoitida tashkil etilib, kelgusi yilning fevral yoki mart oylarida o'tkaziladigan bo'lsa, u bilan "oktagon"ni bo'lishga tayyorligini bildirgan bayonotiga izoh berdi.
"Uning shartlari UFC`niki bilan bir xil. Agar u Braziliyada men bilan jang qilishni istamasa, buni dunyoning istalgan nuqtasida amalga oshirishga tayyorman. Mart haqiqatan ham zo'r tanlov. Bu juda dahshatli jang bo'ladi, men hatto Gavayidagi uyimga ham borishga tayyorman. Muammo yo'q!", - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar