12 okt 20:14
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Maks Xolloueyga "vyzov" tashladi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra bugungi g'alabasidan keyin amerikalik aralash yakkakurash ustasi bilan jang qilish istagini bildirdi.
"CHarlz Oliveyra Maks Xolloueyga qarshi BMF kamari uchun! Kelinglar, buni amalga oshiraylik!", - dedi Oliveyra Rio-de-Janeyroda Mateush Gamrot ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.
Eslatib o'tamiz, BMF kamari UFC’ning standart reytinglari bo'yicha emas, balki jangchining tomoshabopligi va matonati uchun beriladi. Hozirda bu kamar Xolloueyga tegishli. CHarlz bugun ikkinchi raundda Gamrotni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar