23 sen 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Mateush Gemrot bilan jang qilishdan bosh tortdi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni, braziliyalik CHarlz Oliveyra Polsha vakili Mateush Gemrot bilan UFC Rio turnirida jang qilishni istamadi.
Braziliyalik sportchi jangdan ikki hafta oldin mashg'ulotlarini butunlay o'zgartirishi kerakligi va bu juda qiyin ekanini aytib o'tdi.
"Bor etiborimni kelib chiqishi zo'r bo'lgan jangchiga qaratgandim. Jangdan ikki hafta oldin butun mashg'ulot rejamni o'zgartirishim kerak. Bu juda qiyin. Turnirdan chetlatilishni istamayman, lekin bu oxirgi ikki oy davomida tayyorlaganim bilan solishtirganda butunlay boshqacha uslub. Gemrot - yaxshi raqib. U sizga mutlaqo boshqacha uslub taklif etadi, buni tushunish kerak", dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar