16 iyu 06:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/223184_220.jpg)
CHarlz Oliveyra: "Maxachev kuchli raqiblar bilan jang qilganmi?"
Braziliyalik aralash yakka kurash ustasi CHarlz Oliveyra rossiyalik Islam Maxachev bilan ehtimoliy jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men hech qachon jangdan qochmaganman. Engil vazn toifasida chempion aniq va uning ismi - CHarlz Oliveyra! Islam yaxshi jangchimi? Ha! Ammo, uning raqiblari orasida katta nomga ega jangchilar bormi? Yo'q! To'g'ri, uning g'alabali seriyasi anchadan beri davom etmoqda. Lekin u kimlar bilan jang qildi?
Uning jang uslubi meni qiziqtirmaydi. Islamdan o'n karra kuchliman. Agar u boshqa raqiblari singari meni ham parterga o'tkazaman deb o'ylayotgan bo'lsa, katta xato qiladi", - dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar