09 avg 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyra tan oldi: "Men ular bilan o'yin o'ynagan edim"
Braziliyalik UFC jangchi CHarlz Oliveyra chempion, rossiyalik Islam Maxchev bilan revansh jangini har qanday yo'l bilan keyinga qoldirishga uringanini tan oldi.
Oliveyraning so'zlariga ko'ra, u jangi noyabr oyida Braziliyada bo'lib o'tishi uchun hamma narsani qilgan, ammo bu natija bermagan.
"Men o'yin o'ynashni o'rgandim. UFC noyabr oyida Braziliyada turnir o'tkazmoqchi ekanini bilardim. SHunday qilib, men revanshni noyabrga ko'chirishga harakat qildim. Men ular bilan o'yin o'ynadim. Bu ish bermagani aniq. Demak, endi biz oktyabr oyida jang qilamiz" - dedi Oliveyra.
Avvalroq, CHarlz Oliveyra Konor Makgregorga qarshi jangga tayyorligini aytgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar