05 fev 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Xabib yoki Porega qarshi chempionlik jangi o'tkazishni xohlaydi
UFC reytingida uchinchi raqamli jangchi CHarlz Oliveyra o'zining rejalari haqida gapirdi.
"Yo'q, meni Konorning mag'lubiyati hayratga solmadi. Men ularning hech biriga muxlislik qilmagandim va hozir menga qarshi kim jang qilsa ham tayyorman.
CHempionlik jangi - mening orzuim. Men tayyorman. Mendan boshqa nomzod yo'q. Xabib qaytish qaytmasligidan qatiy nazar men titul uchun jang qilishni xohlayman. Dastin bilan ham jang qilaveraman. U buni xohlaydimi yo'qmi bunisi nomalum", - dedi CHarlz Oliveyra.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar