19 okt 11:51
Yangiliklar
CHavandozlar O'zbekiston kubogida bellashmoqda
Musobaqa chavandozlarning paradi bilan boshlandi va shundan so'ng bellashuvlarga start berildi.
Mamlakat kubogining “A” guruhida 7 yoshdan katta otlar ishtirokida 130 sm. balandlikdagi to'siqlardan ot sakratishda Xurshidbek Olimjonov “Champion League” laqabli oti bilan g'olib bo'lgan bo'lsa, "D" guruhida Bahromjon Gaziev 120 sm. to'siqdan “La Blue Rouge” nomli tulpori bilan oltin medalga sazovor bo'ldi. 5-6 va 7 yoshli tulporlar o'rtasida o'tkazilgan “V” toifasidagi konkur musobaqasida Dilshod SHokirov “Cascade” ismli oti bilan zafar quchdi.
SHuningdek, 12-14 yoshli bolalar "S" toifasida 110 sm. balandlikdagi to'siqlardan ot sakratishda o'zaro raqobatlashdi. Unda Sevinch Nazarova “Alice Ji” laqabli tulpori bilan mamlakat kubogi g'olibiga aylandi.
Fikrlar