31 dek 16:34
Yangiliklar
CHempion jang o'tkazmay, kamaridan mahrum bo'ldi
Engil vaznda tashkilot chempioni Xuan Archuleta jang o'tkazmay turib, kamaridan mahrum bo'ldi. Boisi, u Rizin 45 turnirining rasmiy tarozidan o'tish marosimida belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Amerikalik jangchi belgilangan vazndan 6 funt (2.7 kg) og'irroq tosh bosgan. Endi chempionlik kamari yaponiyalik Kaya Asakuraga tegishli bo'ladi.
Tarozi marosimidan keyin Archuleta vazn qila olmaganini uzoq muddatli samolyot parvozi bilan izohladi. SHuningdek, u jamoasi bilan maslahatlashib olganidan keyin bu vaznda qolish yoki qolmasligini elon qiladi.
Etiborga molik jihati shundaki, Xuan Rizin kamarini himoya qilib olganidan keyin ushbu vazndagi Bellator chempioni Petchi Miksaga "vyzov" tashlashni rejalashtirgan edi. Aynan Miksa 2020 yilda Archuletaga faoliyatidagi hozirgacha yagona bo'lib turgan mag'lubiyatni taqdim etgandi.
Fikrlar