05 dek 14:24
Yangiliklar
CHempion Vladimir Mineev faoliyatini to'xtatdi, u urushga boradi
U bor etiborini harbiy xizmatga qaratadi. Bu haqda uning o'zi TASS nashriga xabar berdi.
"Ha, hozir sportchilik faoliyatimda tanaffus olaman. Maxsus harbiy operaciyaga jo'nab ketish oldidan hamma ko'ngillilar qatori tayyorgarlik ko'rib olishim kerak. Hamma qatori harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlarida ishtirok etaman", - dedi Mineev.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Vladimir Mineev safarbarlikka jalb etilgan 300 ming rossiyalik safidan joy olgan edi. O'shanda uning kikboksing bo'yicha braziliyalik Fernando Rodrigesga qarshi jangi borligi uchun vaqt olgandi. Mineev jangda raqibini uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Mineev aralash yakkakurashlardagi so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida AMC Fight Nights 105 turniri doirasida Magomed Ismailovga qarshi o'tkazib, nomdor raqibini uchinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar