11 noy 13:37
Yangiliklar
Stol tennisi
CHen Men ayollar o'rtasidagi jahon kubogi sohibi
Veyxae shahrida ITTF tomonidan karantin so'ng ilk xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
Sovrin jamg'armasi 250 ming dollar bo'lgan ayollar o'rtasidagi jahon kubogining hal qiluvchi final bahsida musobaqaning birinchi saralangan stol tennischisi CHen Men hamyurti Sun Inshaga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda CHen raqibini 11-13, 11-6, 11-9, 11-6, 11-8 hisoblarida taslim etdi va jahon kubogigini qo'lga kiritdi.
«O'tgan oyda ham Veyxae shahrida tashkil etilgan musobaqada g'alaba qozondim. Endi esa jahon chempioniga aylandim. Bu erda g'alaba qozonganimdan juda ham xursandman. CHjenchjou shahrida tashkil etiladigan ITTF musobaqasida munosib ishtirok etmoqchiman»,-dedi CHen Men.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar