13 may 18:57
Yangiliklar
CHendler Fergyusonga qarshi jang oldidan jarohat olganini aytdi
"Jangdan 20 daqiqa oldin tayyorgarlik vaqti, zarbadan himoyalanish vaqtida barmog'imni shikastlab oldim. Mening do'stim va ajoyib sparring sherigi Demarkus Jekson zarba bergadi. Jang oldidan qizinib olish jarayoni tugadi. 20 daqiqa qolganda xayolimga ajoyib fikr keladi. Jeksondan chap tomondan zarba berishini so'radim. Men bu zarbadan himoyalanib, tanaga javob berishni xohladim.
U oddiy zarbalar berdi, biz buni ming marta takrorladik. Bu safar barmog'im butunlay qayrilib ketdi. O'sha paytda menda adrenalin qaynayotgan edi. Men bu qo'l emas, balki bolg'a ekanligini va jang qilishimizni aytdim", - dedi CHendler.
Eslatib o'tamiz, jang ikkinchi raundda CHandlerning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar