18 dek 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA
CHeyl Sonnen: "UFC Topuriyani chempionlikdan mahrum qiladi"
UFC chempionligiga sobiq uch karra davogar, hozirda tahlilchi CHeyl Sonnenning fikricha, Liga engil vazn chempioni Iliya Topuriyani chempionlikdan mahrum qilishi lozim.
"Agar biz chempionga nisbatan kechirimli bo'lishni istasak, faqat u kasal yoki jarohat tufayli janglarni o'tkazib yuborgandagina shunday bo'lishimiz lozim. Ammo Topuriya kasallik yoki jarohat mezonlariga to'g'ri kelmaydigan sabablarga ko'ra jang o'tkazmayotganini aytganda, u chempionlikdan mahrum bo'lishi kerak. Uni kamaridan mahrum qilishlarini istamasdim. Men uning tomonidaman. Ammo uni har qanday holatda ham unvondan mahrum qilishga to'g'ri keladi", - deya CHeyl Sonnenning so'zlarini keltiradi MMAFighting.
Avvalroq Topuriya kamar himoyasini nomalum muddatga kechiktirishga majbur qilgan muammolar haqida gapirgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar