12 sen 19:22
Yangiliklar
Taekvondo
CHiba Gran-prisi. Ertaga Svetlana Osipova boshlaydi
13-15 sentyabr kunlari Yaponiyada taekvondo bo'yicha CHiba-2019 gran-prisi bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik uch nafar taekvondochi ishtirok etadi. Sportchilarimiz CHibadagi "Candeo hotel" mehmonxonasiga joylashishdi.
Ertaga Gran-prining ilk kunida hamyurtimiz Svetlana Osipova janglarni boshlaydi.
Bugun dastlabki kungi bahslarga qura tashlandi. Unga ko'ra Osipova 1/16 finalda serbiyalik Ana Tepavacga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu jangda g'olib chiqqan taekvondochi nimchorak finalda Maristella Smiralya (Italiya) - Briseida Akosta (Meksika) uchrashuvi g'olibasi bilan to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, Nigora Tursunqulova 14 sentyabr, Nikita Rafalovich 15 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etishadi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar