14 sen 08:14
Yangiliklar
Taekvondo
CHiba Gran-prisi. Nigora Tursunqulova g'alaba bilan boshladi
Bugun Yaponiyada taekvondo bo'yicha CHiba-2019 Gran-prisining ikkinchi kungi bahslari start oldi.
Musobaqaning ikkichi kunida hamyurtimiz Nigora Tursunqulova janglarni boshladi.
Qura natijalariga ko'ra Tursunqulova 1/16 finalda kosta-rikalik Ketrin Alvaradoga qarshi dayanga chiqdi. Qiziqarli o'tgan bahsda o'zbekistonlik sportchi 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Endi Tursunqulova nimchorak finalda koreyalik Kim Jan Di bilan to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, kecha Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqdi, Nikita Rafalovich esa 15 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar