14 jan 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

CHikadze UFCdagi eng yaxshi bokschi kim ekanligini aytdi
Gruziyalik UFC jangchisi Giga CHikadze ligada kimni eng yaxshi bokschi deb bilishini aytdi.
"O'ylashimcha, Pyotr Yan - juda yaxshi bokschi, Ilya Topuri haqida ham shunday deyishim mumkin. Israel Adesanya - zo'r zarbaga ega. Men boks haqida aniq gapira olmayman, lekin u "Glory"da nima qildi... Aleks Pereyra ham. Juda ko'p yigitlar bor. Maks Xollouey eng yaxshi bokschi bo'lishi mumkin, ammo unda nokautlar yo'q. U olg'a ildamlaydi, tempi yuqori, bundan tashqari, texnikasi zo'r. Lekin, agar unda yaxshi zarba bo'lmasa, qanday qilib eng yaxshi bokschi bo'lishi mumkin?", - dedi CHikadze.
CHikadze so'nggi marta braziliyalik Edson Barbozaga qarshi jang qilgan va g'alaba qozongan. CHikadze uchun bu faoliyatidagi 14-g'alaba bo'ldi va u UFC reytingida 7-pog'onadan joy oldi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar