13 okt 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev bilan jang bekor qilinganidan keyin Kostani shifoxonaga yotqizishdi
Braziliyalik jangchi Paulo Kosta 21 oktyabr kungi Xamzat CHimaev bilan jangi bekor qilingani haqida gapirdi.
"Afsuski, meni yana shifoxonaga yotqizishdi va yana bir marta operaciya qilinadigan bo'ldim. Operaciya juma kuni bo'ladi. 18 sentyabr kuni birinchi marta shu erda, Abu-Dabida operaciya bo'lgandim. O'sha operaciyadan keyin jangda qolish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Biroq infekciya yana qaytdi va meni yana bir marta operaciya qilish kerak bo'lmoqda.
Muxlislar uchun afsusdaman, chunki ular bu jangni intiqlik bilan kutishayotgandi. O'zim va jamoamdan ham uzr so'rayman, hammadan ko'ra biz ushbu jangning o'tkazilishini istagandik. O'z navbatida meni qo'llab turgan barchaga, ayniqsa, ilk kunlardan to hozirgi kungacha yonimda bo'lib turgan UFCdan minnatdorman", - dedi Kosta.
Havola :
Fikrlar