11 okt 13:23
Yangiliklar
CHimaev bilan jangda Kostaning o'rnini egallashga rozi jangchi topildi
O'rta vazn toifasida reytingida 7-o'rinni egallab turgan Roman Dolidze jarrohlik stoliga yotishi kutilayotgan Paulo Kostani almashtirishga tayyor ekanini malum qildi.
"Xamzat? UFC 294", - deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida murojaat qoldirgan Dolidze.
21 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 294 turniri doirasidagi CHimaev - Kosta jangi bekor qilinish arafasida turibdi. Aslida braziliyalik aralash yakkakurash ustasi jarohati sabab bu jangni uch hafta keyingiga surgan edi. Endi yana uning aybi bilan jang bekor bo'lishga yaqin.
Malumotlarga qaraganda, Xamzat bilan jang qilish uchun Marvin Vettoriga ham taklif yuborilgan. Lekin italiyalik jangchi bu taklifga rad javobini bergan. 35 yoshli Roman Dolidze shu yilning mart oyida aynan Vettoriga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib. o'zining to'rtta g'alabadan iborat seriyasiga barham bergandi. Gruziyalik navbatdagi jangini 2 dekabr kuni Minneapolisda reytingning to'rtinchi pog'onasidan joy olgan amerikalik Jared Kannonirga qarshi o'tkazishi kerak.
Fikrlar