06 may 19:48
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev: "Dyu Plessi urushga tayyorlanaversin, men esa qotillikka hozirlik ko'ryapman"
UFC jangchisi Xamzat CHimaev chempion Drikus dyu Plessining murabbiyi Morn Visserning so'zlariga javob berdi.
— Xamzat, dyu Plessi murabbiyi siz bilan parterda haqiqiy urushga tayyorgarlikka urg'u qaratayotganlarini aytdi…
— Mayli, urushga tayyorgarlik ko'raverishsin. Men esa qotillikka tayyorgarlik ko'ryapman, — dedi CHimaev jurnalist Adam Zubayraevning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida keltirilgan so'zlarida.
CHimaevning so'nggi jangi 2023 yil oktyabr oyidagi UFC 308 turnirida bo'lib o'tgan va u birinchi raundda avstraliyalik sobiq chempion Robert Uittakerni og'ritish usuli bilan mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar