25 apr 07:40
Yangiliklar

"CHimaev hozirgi holatda Usmanni enga olmaydi"
"To'g'risini aytsam, Xamzatning jangi meni hayratda qoldirdi, sababi Byorns yuqori darajadagi jangchi. Gilbert har bir raqibini mag'lub etishi mumkin. Bu yigit ancha jiddiy, shunday ekan Xamzatning jangi menga yoqdi.
U katta hajmdagi ishni bajardi, qiyin vaziyatga tushganida ham o'zini nazorat qila olishini ko'rsatdi. Bu Xamzatning UFC`dagi beshinchi jangi, shundaymi? U hozirdan Byorns bilan jang qilyaptimi? Bu jinnilik.
U olov va suvdan o'tishi kerak edi, chunki ertami kechmi u baribir bunga duch kelardi. Xamzat bu jangdan saboq oladi, kelgusida yanada kuchliroq bo'ladi. Hozirgi holatda CHimaev Kamaru Usmanni enga olmaydi deb o'ylayapman.
Ha, MMAda matematika ishlamaydi, biroq uning Byornsga qarshi kechgan jangi, menga Usmanni mag'lub eta olmasligini ko'rsatmoqda", - dedi Braun.
Fikrlar