28 apr 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev Kamaru Usmanning jangiga munosabat bildirdi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev Kamaru Usmanning Xorxe Masvidal ustidan qozongan g'alabasiga o'z izohini berdi.
"Usman ajoyib sport formasida. Men endi bir gapni ayta olaman: Usman mening vaznimdagi eng kuchli jangchi. Biz keyingi yil uchrashamiz. Men hozir kimlar bilandir jang qilishim kerakligini bilaman. Lekin menga kimga qarshi jang qilishining farqi yo'q. Men ularni tozalashga tayyorman.
Yaqinda jang qilaman. Dana menga jang berishga tayyorligini bildirdi. Uaytga men haqimda unutmasligini va istalgan raqibni yanchib tashlashga tayyorligimni alohida aytib qo'ydim", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar