28 avg 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev: "Mendan Konorni adabini berib qo'yishni so'rashgandi"
SHveciyalik MMA jangchisi Xamzat CHimaev Konor Makgregorga yordam bergani haqidagi savollarga javob qaytardi.
"Bu noto'g'ri. Konorga chechenistonlik sparring-sherik kerak edi. U internetda elon qoldirgandi. Menga qo'ng'iroq qilib, uning adabini berib qo'yishimni so'rashgandi. Bu aynan men qilishni istagan ish edi. Ammo Xabib bilan jangga tayyorgarlik borasida xech qanday gap bo'lmagan. O'shanda hali ularning jang sanasi ham elon qilinmagandi. Agar u men bilan jangga rozi bo'lsa,haliyam Konorni do'pposlamoqchiman. Uning erishgan natijalariga tan beraman. Ammo u o'z gap-so'zlarini boshqara olmaydi", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : SportsKeeda
Fikrlar