03 avg 16:59
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev UFC 279 turniri oldidan bo'lgan voqeani esladi: "Ular meni kasalxonaga olib bormoqchi edilar"
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev 2022 yil sentyabr oyida UFC 279 turnirida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan amerikalik Neyt Diaz bilan jang oldidan vazn qila olmagani haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, CHimaev vazn qila olmagandi, shundan so'ng Diaz jangdan bosh tortgan va uning o'rniga Kevin Xolland jangga rozi bo'lgan.
"Men vazn qilmoqchi edim, 900 gramm qolgandi. Sudirgi bo'ldim va murabbiy qo'ng'iroq qildi... Tibbiy mashina keldi va shifokorlar jang qilishning iloji yo'qligini aytishdi. Biz ularni haydab yubordik, murabbiy: "Agar biror narsa bo'lsa, o'zimni kechirmayman, shuning uchun ularga qo'ng'iroq qildim", dedi. Ular meni kasalxonaga olib bormoqchi edilar. Agar olib ketishganida, umuman jang bo'lmasdi", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar