19 avg 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/232699_220.jpg)
CHimaev: "Usman mendan shunchaki qo'rqadi"
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev yarimo'rta vazn chempioni Kamaru Usman bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Agar Usman Edvardsni mag'lub etsa, faoliyatida tanaffus oladi, nazarimda. Ehtimol, umuman aralash yakkakurashlardan ketar. Usman mendan shunchaki qo'rqadi. U har doim faoliyatini yakunlashi haqida gapiradi. Lekin umid qilamanki, u Edvardsni mag'lub etadi va men u bilan jang qilaman", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi The Mac Life nashri.
Eslatib o'tamiz, Xamzat so'nggi bor shu yilning 10 aprel sanasida Gilbert Bernsga qarshi jang qilgan edi. Kamaru Usman esa so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazgan edi.
Avvalroq, Kamaru Usman Xamzat CHimaevning gaplari uchun javob berishini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar