So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

17 fev 12:28
Yangiliklar

Qishki sport turlari

“Chimgan Challenge”. Yoshlar festivalida g'oliblar aniqlandi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Bo'stonlik tumanida 10 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor yoshlar o'rtasida “Chimgan challenge” qishki sport turlari bo'yicha yoshlar festivali tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan o'ziga xos sport bayramida Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan 500 nafarga yaqin yoshlar qishki sport turlarining tog' chang'isi, snoubord va qor ustida voleybol yo'nalishlarida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

“Chimgan challenge” qishki sport turlari bo'yicha yoshlar festivalida dastlab tog' chang'isi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

Ushbu yo'nalishda festival ishtirokchilari birinchi kungi bahslarda murakkab qorli yo'llarda 760 metr masofani bosib o'tishdi.

Ikkinchi kungi bellashuvlar ham muxlisu-mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi. Unda yoshlar qishki sport turlarining eng qiziqarli turi bo'lgan skeytbord yo'nalishida o'zaro bahslashdi. Ishtirokchilarning 550 metr masofadagi har bir chiqishi sport ixlosmandlari tomonidan olqishlar bilan qarshi olindi.

Tog' chang'isi bellashuvlarida qizlar o'rtasida Sabina Rejebova, yigitlardan esa Arman Gayupov marra chizig'ini birinchi bo'lib bosib o'tgan holda o'z yosh toifalarida g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Snoubord bo'yicha 10-14 yoshli bolalar o'rtasida 1-o'rinni Fozilov Oqil egalladi.

Voleybolchilar o'rtasida o'tkazilgan bahslarda esa omad CHirchiq-1 jamoasiga nasib etdi. 2-o'rinni CHirchiqning ikkinchi jamoasi egalladi. 3-o'ringa Yangiyo'l tumani voleybolchilari sazovor bo'lishdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan kubok, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing