22 mar 11:50
Yangiliklar
Velosport
CHimkent - Toshkent xalqaro velomarafoni tashkil etiladi
30 mart kuni velosport bo'yicha katta marafon tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Poyga CHimkent - Toshkent yo'nalishida bo'lib o'tadi.
30 mart kuni ertalab soat 5:00 da ishtirokchilar avtobusda Toshkentdan CHimkentga yo'l oladilar. Musobaqa starti aynan CHimkentda bo'ladi.
Soat 9:00 da esa CHimkent shahri hokimiyati oldida marafon start oladi. Finish esa Qozog'iston Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi oldida bo'ladi. Yo'nalish uzunligi 130 km ni tashkil etadi. Istovchilar USHBU HAVOLA orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Ishtirokchilar o'z velosipedlarida bo'lishlari lozim.
Malumot uchun, ushbu velomarafon O'zbekiston va Qozog'iston velosport federaciyalari, Toshkent va CHimkent hokimiyati hamkorligida tashkil etilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar