So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

17 fev 15:37
Yangiliklar

Tadbirlar

CHirchiq shahrida o'tkazilgan festivaldan FOTOGALEREYA

Teglar :  FestivalCHirchiq
O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tasarrufidagi CHirchiq avtomobil maktabida “Biz vatanparvarlarmiz” shiori ostida manaviy-marifiy va sport targ'ibotiga bag'ishlangan festival tashkil etildi.

“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tashabbusi hamda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi, “Yoshlar ittifoqi” CHirchiq shahar kengashi hamkorligida o'tkazilgan mazkur festival O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4061-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash, yoshlar o'rtasida harbiy vatanparvarlik targ'iboti, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib etish va aholi orasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirishga qaratildi. 

Mazkur festivalda dastlab, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashiga qarashli o'quv avtomobillari karvoni CHirchiq shahri ko'chalari bo'ylab "Biz vatanparvarlarmiz" shiori ostida haraktlanishdi. 

SHundan so'ng, CHirchiq avtomobil maktabida CHirchiq davlat pedagogika instituti akademik liceyining maxsus harbiy gurux o'quvchilari tomonidan qo'l jangi bo'yicha ko'rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi.

Avtomil maktabidagi o'q otish tirida esa o'q otish sport turi bo'yicha viloyat kubogi musobaqalari ham o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar aniqlandi. 

SHuningdek, shu kuni CHirchiq davlat pedagogika instituti, CHirchiq oliy tank qo'mondon-muhandislik bilim yurti “Vatanparvar” tashkilotiToshkent viloyati kengashi bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “SHoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur marifati” deb nomlangan marifiy tadbir ham tashkil etildi. 

CHirchiq davlat pedagogika institutining faollar zalida tashkillashtirilgan ushbu tadbir doirasida talabalar tomonidan SHoh va shoir, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag'ishlab tayyorlagan sahna ko'rinishlari mohirona ijro etilgani tadbirga yanayam ko'taringkilik baxsh etdi. 

 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing