So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0

29 dek 12:41
Yangiliklar

Taekvondo

CHiroqchidagi BO'SMda “Qorbobo turniri” o'tkazildi FOTO

Kecha CHiroqchi tuman 1-sonli Bolalar va o'smirlar sport maktabida taekvondo bo'yicha “Qorbobo turniri” deb nomlangan o'ziga xos turnir tashkil etildi.

Yangi yil shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda o'tkazilgan mazkur turnirda ishtirok etgan etmish nafarga yaqin o'g'il-qizlar bor mahoratlarini ishga solib, g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 

Bayramga bag'ishlangan bellashuvlarda sportchi bolalarning ota-onalari ham ishtirok etib, bellashuvlarni  zo'r ishtiyoq bilan kuzatib borishdi. Har bir vazn toifasida g'olib va sovrindor bo'lgan yosh taekvondochilar 1-BO'SM rahbariyati tomonidan diplom va sovg'alarga ega bo'lishdi. 

SHuningdek, shu kuni BO'SM rahbariyati tomonidan murabbiylar, ota-onalar ishtirokida 2018 yil sarhisobiga bag'ishlangan tadbir ham tashkil etildi. Unda BO'SMda mavjud sport turlari bo'yicha joriy yilda erishilgan natijalar sarhisob qilindi. 

Ota-onalarning farzandlarini sportga bo'lgan etiborini yanada kuchaytirish, ularga har tomonlama shart-sharoitlar yaratish kerakligi xususida takidlab o'tildi. 

Tadbir so'nggidamurabbiylardan Abdikamol Ergashev (shaxmat),  Vazira Qo'ldosheva (taekvondo VTF), Bobur Burxonov  (taekvondo), Zokir Kobilov  (belbog'li kurash), Suvon Saidov (shaxmat)lar “Eng yaxshi murabbiy” sifatida etirof etilgan bo'lsa, ota-onalar o'rtasida Faxriddin  Mavlonov  taekvondo sport turiga qo'shgan munosib xissasi uchun taqdirlandi.

Farhod JUMANOV, CHiroqchi tuman 1-Bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori: 

- Bayram munosabati bilan o'tkazilgan ushbu sport tadbirida ishtirok etgan o'quvchilarimiz orasida iqtidorli va g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi yuqori bo'lgan sportchilar ko'pchilikni tashkil etishi terma jamoalarimizga munosib nomzodlar borligidan darak beradi. Fursatdan foydalanib, sportchilarimizni, murabbiylarimizni,  barchani kirib kelayotgan 2019 yil bilan BO'SM murabbiylari va sportchi-o'quvchilari nomidan qo'tlaymiz.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing