16 okt 09:50
Yangiliklar
CHjen Zhengzhou Open bosh sovrinini CHjenchjouda olib qoldi
Dunyoning 24-raketkasi bo'lib turgan xitoylik CHjen Cinven muxlislar olqishi yordamida bosh sovrinni o'z mamlakatida olib qolishga muvaffaq bo'ldi. CHjen ikki yarim soat davom etgan final bahsida WTA reytingida o'zidan 6 pog'ona yuqorida borayotgan chexiyalik Barbora Kreychikovani mag'lubiyatga uchratdi - 2/6, 6/2, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi. Cinven CHjen 10, Kreychikova 4 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Barborada ko'proq bo'ldi - 6 ga 5. Breyklar bo'yicha xuddi shunday son statistikasi CHin yurti vakilasi foydasiga.
Bank of Communications Zhengzhou Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok xitoylik tennischiga 470 reyting ochkosi hamda 120,150 dollar mukofot puli keltirdi. U bugun elon qilinadigan yangilangan WTA reytingida Top-20`ga qaytadi.
Fikrlar