12 sen 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

CHudinov so'nggi raundda Umar Sadikni nokautga uchratdi. Unga Valuev sovrin topshirdi FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, kecha oqshom Moskva viloyatining Ximki shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning anderkard jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda WBA Gold chempionlik kamari sohibi, rossiyalik Fyodor CHudinov britaniyalik Umar Sadikka qarshi ringga ko'tarildi.
Yaqin masofada o'tgan jang so'nggi daqiqada to'xtatildi. Raqibning jeb zarbalariga munosib javob bera olgan CHudinov so'nggi daqiqada texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. Sadik Fyodorning zarbalariga javob qaytara olmay qolgach, referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar