So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

08 iyu 12:04
Yangiliklar

Taekvondo

Chuncheon Korea open–2017: Nigora Tursunqulovada oltin va boshqa natijalar

Teglar :  Taekvondo
2-7 iyul kunlari Janubiy Koreyada Chuncheon Korea open – 2017 turnirida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan eng sara sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqada ishtirok etgan kattalar, kadetlar va o'smirlarning natijalari kishini quvontiradi.

Kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda Nigora Tursunqulova (-67 kg), Diyor Sobirov (-58) va Umida Abdullaeva (-62) oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Nikita Rafalovich (-74) hamda Temur Sobirov (-58) bronza medali bilan chegaralanishdi.

O'smirlar o'rtasidagi bahslarda ishtirok etgan Boburxon Karimov (-55) oltin, Intizor Abdulalimova (-42) kumush, Madinabonu Mannopova (-46), Javohir Toshpulatov (-55) va Doniyor Yo'ldoshev (-51) bronza medali uchun shohsupaga ko'tarildilar.

Kadetlar bellashuvlarida o'z omadini sinovdan o'tkazgan vakillarimiz orasida Amirbek Turaev (-37), Azizbek Rahmonberdiev (-45), Zafar Karimov (-37) oltin, Sevinch Musirova (-41) kumush, Umida Hasanova (-41), Mumtozbegim Xalilova (-37), Sanjarbek Kobiljonov (-33), Zarnigor Husniddinova (-33) bronza medali sovrindoriga aylanishdi.

Eng kichik yoshlilar o'rtasida g'olib nomini aniqlash uchun o'tkazilgan bahslar yakuniga ko'ra, Abdumalik Abdumajidov (-27) birinchi, Nurlan Baxajaev (-36), Diyora Inomalieva (-29), Kamolbek G'ulomjonov (-24) ikkinchi, Zafar Sattorov (-27), Izzatbek G'ulomjonov (-22)lar uchinchi o'rindan joy egallashdi.

SHunday qilib, umumjamoa hisobida 7 oltin, 5 kumush va 11 bronza medalini qo'lga kiritgan sportchilarimiz 9 iyul kuni Toshkent shahriga qaytib kelishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing