24 mar 10:16
Yangiliklar
CHusovitina Dohada chempion!
Tajribali sportchimiz bugun bo'lib o'tgan bahslarda ham o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi va oltin medal sohibiga aylandi. U o'zining sevimli yo'nalishi - tayanib sakrash bahslarida 14,433 ball jamg'arib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egalladi. Kumush medal KXDR vakili Pyon Ryo Yongga nasib qilgan bo'lsa, bronza medaliga franciyalik Kolin Devilard ega chiqdi.
Malumot uchun, Doxadagi jahon kubogida 39 mamlakatdan 160 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ularning 101 nafari erkaklar o'rtasidagi bahslarda qatnashayotgan bo'lsa, 59 nafari ayollar o'rtasidagi musobaqada o'z omadini sinab ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, CHusovitina o'tgan haftada Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkazilgan jahon kubogi bahslarida oltin va bronza medallari sohibiga aylangandi.
Fikrlar