25 jan 11:42
Yangiliklar
Tennis
Cicipas Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi 1/2 finalchisiga aylandi
Melburnda bo'lib o'tayotgan mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turniri - Australian Open'ning erkaklar o'rtasidagi bahslarida ikkinchi yarim finalchi aniqlandi.
Jahonning to'rtinchi raketkasi greciyalik Stefanos Cicipas turnirning chorak finalida ATR reytingida 71-o'rinni egallab turgan chexiyalik Jiri Lexechni 6/3, 7/6(2), 6/4 hisobida mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Uchrashuv 2 soatu 19 daqiqa davom etdi. Greciyalik tennischi o'zaro o'yinlardagi hisobni oshirishga muvaffaq bo'ldi - 2:0.
SHu tariqa, Cicipas yangi mavsumdagi to'qqizta o'yindagi to'qqizinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va ketma-ket uchinchi marta Australian Open'ning 1/2 finaliga yo'l oldi. Yarim finalda u rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar