19 avg 10:51
Yangiliklar
Tennis
Cincinnati "Masters". Gurkach 1/2 final ishtirokchisiga aylandi
Cincinnati "Masters" turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Jahonning 20-raketkasi, polshalik Xubert Gurkach musobaqaning chorak finalida ATR reytingida 58-pog'onani egallab turgan avstraliyalik Aleksey Popirinni 6/1, 7/6 (8) hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
Uchrashuv bir soatu 19 daqiqa davom etgan. Ushbu bahsdan so'ng tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob polshalik tennischi foydasiga 3:0 ko'rinishiga keldi. Gurkachning final yo'lidagi raqibi ispaniyalik Karlos Alkaraz bo'ladi.
Havola :
Fikrlar