12 dek 09:11
Yangiliklar
Dzyudo
Cindao “Masters”. Diyora ippon bilan boshladi, Sardor esa yutqazib qo'ydi
Cindao shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirning birinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Hozirgina -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova ilk davra bellashuvini yakunladi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan vakilamiz belgiyalik SHarlin Van Snikni ippon, yani sof g'alaba evaziga mag'lub etdi.
Afsuski, -66 kg vazn toifasidagi ikkinchi dzyudochimiz ham mag'lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Sardor Nurillaev birinchi bosqich uchrashuvida biroz kutilmaganda italiyalik Matteo Medvesga yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar