So’nggi yangiliklar

11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0

11 dek 12:51
Yangiliklar

Dzyudo

Cindao "Masters" turniriga qura tashlandi

Teglar :  DzyudoMastersCindao
Ertaga Xitoyning Cindao shahrida “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir sart oladi.

Dunyoning 5 qitasi 68 mamlakatidan jami 454 (236 erkak va 218 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 11 azosi ham medallar hamda Tokio-2020 Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi. 

Bundan bir necha daqiqa avval musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, dzyudochilarimiz ilk raqiblarini bilib olishdi. Reytingi eng yuqori bo'lgan dzyudochimiz, jahon chempionatining kumush medali sovrindori SHarofiddin Lutfullaev ilk davrada xitoylik Rilege Suga qarshi tatamiga chiqadi. -60 kg vazndagi ikkinchi dzyudochimiz, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi Diyorbek O'razboev esa amaldagi jahon chempioni, gruziyalik Lukxumi CHxvimiani bilan hisob-kitob qiladi.   

Musobaqa g'olibiga 1800 reyting ochkosi taqdim etilishi Cindao “Masters” turniriga bo'lgan qiziqishni yana ham oshirgan. 

Qura natijasi:

-60 kg: 

SHarofiddin Lutfullaev - Rilege Su (Xitoy) birinchi davra

Diyorbek O'razboev - Lukxumi CHxvimiani (Gruziya) birinchi davra

-66 kg: 

SHahram Ahadov - Mixail Pulyaev (Rossiya) ikkinchi davra

Sardor Nurillaev - Matteo Medves (Italiya) ikkinchi davra

-73 kg: 

Hikmatulloh To'raev - Julam SHan (Franciya) birinchi davra 

-81 kg: 

SHarofiddin Boltaboev - Antonio Espozito (Italiya) ikkinchi davra

Kamoliddin Rasulov - Rigaki Nai (Xitoy) ikkinchi davra

-100 kg: 

Muhammadkarim Hurramov - Kazbek Zankishiev (Rossiya) birinchi davra

+100 kg: 

Bekmurod Oltiboev - Yoxannes Frey (Germaniya) birinchi davra

Qizlar

-52 kg: 

Diyora Keldiyorova - SHarlin Van Snik (Belgiya) birinchi davra

-70 kg: 

Gulnoza Matniyazova - Saki Nizoe (Yaponiya) ikkinchi davra

Reyting:    

Fikrlar

   
11 dek 12:59:38
Inomjon Boltayev
qura umuman yaxshi tushmabdiyu
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing