08 iyu 07:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Dahshat! Afrikada bokschi ko'rinmas raqib bilan jang qildi + VIDEO
Boks bo'yicha engil vaznda WBF Afrika kamari uchun kechgan jang anchagina noodatiy o'tdi.
Jangning yakuniy o'ninchi raundi so'nggi daqiqalari o'tayotgan bir vaqtda JAR vakili Simiso Butelezi raqibi Sifesixpe Mntungvuni nokdunga uchratdi. Mntungvu o'ziga kelgach, hakam jangni davom ettirishga ruxsat berdi, biroq raqibini nokdaunga uchratgan Butelezining o'zi qiyin ahvolga tushib qoldi, aniqrog'i ringda raqibini yo'qotib qo'yib, bo'shliqqa zarbalar yo'lladi. SHu zahoti, hakam jangni to'xtatdi va Mntungvining g'alabasni elon qildi.
Jangdan so'ng Butelezini shifoxonaga olib ketishgan. Uning hayotiga hech qanday xavf yo'qligi aytilmoqda.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar