13 avg 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/231557_220.jpg)
Dana Uayt: "Biz Fedor Emelyanenkoga juda ko'p pul taklif qildik"
UFC prezidenti Dana Uayt Fedor Emelyanenko va Brok Lesnar o'rtasidagi jangni tashkil etishga harakat qilganligini aytdi.
"Albatta, bu masalada xolis bo'lishga harakat qilaman. Lekin, men Brok Lesnarga pul tikardim. U Emelyanenkoga qarshi kurashishni juda xohlardi va men bu jangni tashkil qilish uchun ko'p kuch sarfladim. Biz Fedorga ko'p pul taklif qildik. Ammo, u Lesnar bilan jang qilishni xohlamadi. Bu haqida boshqa aytadigan gapim yo'q", — dedi Uayt.
Malumot uchun, Emilyanenko faoliyati davomida 46 ta jangda ishtirok etib, 40 tasida g'alaba qozongan, 6 tasida mag'lub bo'lgan. Fedor Emelyanenko dekabr oyida Bellatorʼdagi so'nggi xayrlashuv jangini o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar