24 iyu 13:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: " Bu divizionda haqiqiy qotillar jam bo'lgan"
UFC prezidenti Dana Uayt Kamaru Usman va Leon Edvards o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Edvards chempionlik jangiga loyiq edi. U betakror istedod sohibi. Umumiy olib qaraganda ham, yarimo'rta vazn hozirda istedodli jangchilarga to'la. Har qanday holatda ham Usmanni yarimo'rta vazn tarixidagi eng buyuk jangchi ekanligini inkor etib bo'lmaydi.
Usman ikkinchi "krug"da ham ko'pgina kuchli jangchilarni mag'lub etdi. Bu faqatgina chempionga ega, boshqa hech kim yo'q bo'lgan qandaydir xira divizion emas. Bu divizionda haqiqiy qotillar jam bo'lgan", - deya takidlagan Uayt.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman ohirgi bor 2021 yilning noyabr oyida, Kolbi Kovingtonga qarshi jang qilgan edi. Avvalroq, Usmanning UFC 278 turnirining markaziy jangida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar