30 sen 09:40
Yangiliklar

Dana Uayt CHimaevning kelajagi haqida gapirdi
Neyt Diazga qarshi jang oldidan CHimaevning tarozidan o'ta olmagani promoushen ishini murakkablashtirishi mumkin edi.
"U so'nggi jangda Kevin Xollandni qanday yo'q qildi? Hech kim buni kutmagan edi. Vazn toifasiga keladigan bo'lsak, u yarim o'rta vaznda yoki o'rta vaznda ishtirok etishi borasida matchmeykerlar o'rtasida katta bahs-munozaralar ketmoqda.
U 77 kilogramm vaznga ega bo'la oladimi? Tavakkal qilib yana 77 kilogrammda uning uchun jang tashkil qilish va shu kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Menimcha, uni nima qilishini va qaerda bo'lishni xohlayotganini o'ylab ko'rishingiz kerak. U yarim o'rta vaznda chempion bo'lishni xohlaydimi yoki bo'lmasam o'rta vaznda", — dedi UFC rahbari Dana Uayt.
Fikrlar