29 sen 15:24
Yangiliklar

Dana Uayt: "Kevin Xollandning ketishiga hali erta"
"Men bu yigitni juda yaxshi bilaman, u menga yoqadi. U musobaqalarimizda qatnashishga loyiq, o'ylashimcha. Kevin Xolland qilayotgan ish ajoyib. Bransonga mag'lub bo'lganidan so'ng u o'z kurashi ustida ishlashi kerakligini tushundi.
U bu borada ishlashni boshladi. Lekin CHimaev bilan sodir bo'lgan omadsizlikdan so'ng u kechasi bilan nima bo'lganini o'ylab chiqqan. U butun oqshom: "Jin ursin, bu qanday sodir bo'ldi?", - deb o'ylagan. U hissiyotga boy yigit. O'ylashimcha, aynan his-tuyg'klar undan ustun keldi. SHunchaki, unga zalga qaytishi uchun biroz vaqt bering. Men bu yigitni bilaman, u jang qila oladi. Uning nafaqaga chiqishiga hali erta", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.
Kevin Xolland 12 sentyabr kuni Xamzat CHimaev bilan jang qilib, ilk raunddayoq mag'lub bo'lgan va ko'p o'tmasdan faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.
Fikrlar