11 noy 11:55
Yangiliklar
Dana Uayt Konor Makgregorning oktagonga qaytish muddati haqida gapirdi
"Biz kecha Konor bilan shu mavzuda gaplashdik", - deya so'z boshladi Uayt. "U yaxshi sport formasigi kirib boryapti. Jang qilish istagida yonmoqda. U bunga tayyor. Faqat buning uchun Makgregor olti oylik doping tekshiruvlaridan o'tishi shart. Aks holda jang o'tkaza olmaydi. Agar dangalini aytadigan bo'lsam, biz uni kelasi yilning yoz oylarida oktagonda ko'rishimiz mumkin".
Bundan kelib chiqadi-ki, Konor Makgregor va Maykl CHendler o'rtasidagi jang UFC 300 yubiley turnirida aniq o'tkazilmaydi. Avvalroq ushbu turnirning aprel oyida o'tkazilishi va aynan Makgregor - CHendler to'qnashuvi oqshomning markaziy jangi bo'lishi haqida xabarlar tarqagandi.
Lekin shu bilan bir qatorda UFC prezidenti irlandiyalikning nima uchun olti oylik doping tekshiruvidan o'tishi shartligini ochiqlamadi. Vaholanki, Dana Uaytning o'zi 2024 yilda tashkilot Amerika antidoping agentligi bilan hamkorlikni to'xtatishini aytgandi. SHu doping tashkiloti Konorning olti oylik tekshiruvdan o'tishini talab qilmoqda.
Fikrlar