13 noy 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "Nima uchun men Jons - Ngannu jangini tashkillashtirishim kerak?"
UFC bosh direktori Dana Uayt PFL ligasi bilan hamkorlikda markaziy jangi Jon Jons va Frensis Ngannu o'rtasida o'tkazilishi mumkin bo'lgan qo'shma turnir tashkil etish haqidagi savolga javob berdi.
"Bu menga qiziq emas. Bizda hamma narsa etarli. PFL turnirlarini sota olmayapti. Men nega bu jangni tashkillashtirishim kerak?", - dedi Uayt UFC 295 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Malumot o'rnida, Frensis Ngannu MMAdagi so'nggi jangini 2022 yil 22 yanvar kuni UFC 270 turniri doirasida franciyalik Siril Ganga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Jons esa oxirgi marta 2023 yilning mart oyida, UFC 285 musobaqasida Siril Gan bilan jang qilgan. Ushbu qarama-qarshilikda Jon ilk raunddayoq zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar