14 okt 22:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt tasdiqladi: UFC 256 turnirida navbatdagi chempionlik jangi o'tkaziladi
UFCning eng engil vazn toifasidagi chempioni Petr Yan ilk himoya jangini Aljameyn Sterlingga qarshi o'tkazadi.
Promoushen prezidenti Dana Uaytning so'zlariga ko'ra, ushbu jang 12 dekabr kuni UFC 256 turniri doirasida Las-Vegas shahrida o'tkaziladi.
SHartnoma hali imzolanmagan, lekin tomonlar kelishuvga erishishga yaqinlar.
Eslatib o'tamiz, Yan yozda Joze Aldoni texnik nokautga uchratib, chempionlik kamariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar