04 noy 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt: "U 10 raund turib bera oldi. Bu aqlbovar qilmas holat"
UFC prezidenti Dana Uayt 28 oktyabr kungi Tayson Fyuri va Frensis Ngannu o'rtasidagi jang haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Frensis 10 raund turib bera oldi. Bu aqlbovar qilmas holat. Konor Makgregor hamda Floyd Meyvezer o'rtasidagi jang 9 raund davom etgandi, Entoni Pettis Roy Jonsni mag'lub qilgandi. O'shanda nimalar sodir bo'lganini haligacha tushunmayapman. Bu qandaydir aqlsizlikka o'xshaydi!
Ngannuning UFC`dan ketganiga afsuslanmayman. Hech kim bilan bir umrga hamkorlik qila olmaymiz. Har bir inson o'zi uchun to'g'ri deb bilan ishini qilishi, o'zi va oilasi uchun ko'proq pul topishi haqida o'ylashi kerak", - dedi Dana Uayt.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar