20 dek 06:58
Yangiliklar

Dana Uayt UFC`da "Yil jangi"ni aytdi
"Bu qiyin tanlov. Hozir yaqinroqdagi janglarni eslay turib, hayolimga Jastin Getji - Maykl CHendler to'qnashuvi keldi. Lekin Julianna Penya va Amanda Nunes o'rtasidagi jang ham "Yil jangi"ga davogarlik qila oladi. Umuman olganda, bu yil yaxshi janglar ko'p bo'ldi. SHundan kelib chiqib bitta jangni aytish mushkul ish", - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, 6 noyabr kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan UFC 268 turnirida Jastin Getji ochkolar hisobiga ko'ra Maykl CHendlerni mag'lubiyatga uchratgan edi. O'tgan hafta Las-Vegasda o'tkazilgan UFC 269 turnirida esa Julianna Penya ikki vazn toifasi qirolichasi Amanda Nunesni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan engib, yaxshigina shov-shuvga sababchi bo'lgandi.
Fikrlar