15 noy 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt UFCning eng xavfli uch jangchisi kimligini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt promoushendagi eng xavfli uch jangchini sanab berdi.
Unga ko'ra, ro'yxat Derrik Lyuis, Aleks Pereyra va Jon Jonsdan tashkil topdi.
Eslatib o'tamiz, 12 noyabr kechasida "Medison Skver Garden" arenasida Aleks Pereyra va Irji Proxazka o'rtasida titul jangi o'tkazildi. Jangning ikkinchi raundida Pereyra g'alabaga erishdi.
4 noyabr tunida esa San-Paulu "UFC Fight Night 231" oqshomi tashkillashtirilgandi. Ushbu kechaning asosiy jangida braziliyalik Jailton Almeyda va amerikalik Derrik Lyuis oktagonga chiqdi. 5 raund davom etgan jangda Almeyda hakamlarning yakdil qarori evaziga g'alaba qozondi.
Jon Jons esa so'nggi jangida Siril Ganni mag'lub etib, og'ir vaznda promoushenning chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : UFC News
Fikrlar